"Kristal Pelas" Drakslerni sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
26 avg 2023
PSJ yarim himoyachisi Yulian Draksler faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi. 

Manbaga ko'ra, 29 yoshli germaniyalik futbolchiga "Kristal Pelas" davogarlik qilmoqda. Oldinroq parijliklar futbolchini sotishga tayyor ekani xabar qilingandi.

Draksler o'tgan mavsum "Benfika"da o'ynadi. U 18 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi, jarohat tufayli mavsumning bir qismini o'tkazib yubordi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira