Krishtianu Ronaldu: "Portugaliyasiz Jahon chempionati bo'lishi - imkonsiz. Makedoniya bizni xayron qoldiradi deb o'ylamayman"

Narzulla Saydullayev
29 mar 2022
Portugaliya bugun Jahon chempionati yo'llanmasi uchun Shimoliy Makedoniyaga qarshi maydonga tushadi.

Krishtianu Ronaldu ushbu o'yin haqida o'z fikrini bildirdi.

"Portugaliyasiz Jahon chempionati bo'lishi imkonsiz. Bu masalada hech qanday shaxsiy qarashlar yo'q. 

Italiyaning mag'lubiyati bizni ajablantirdi. Lekin Makedoniya bizni ham xayron qoldiradi deb o'ylamayman. Portugaliya yaxshiroq o'ynaydi va Jahon chempionatiga chiqadi. Biz g'alaba qozonsakkina JCHga borishimizni bilamiz. Bizga katta masuliyat yuklangan. Shu bilan birga barchamizda kayfiyat a'lo. Barchasi tayyor. O'z imkoniyatimizdan maksimal foydalanamiz", -deydi Krishtianu Ronaldu.

Ma'lumot uchun, Portugaliya - Shimoliy Makedoniya o'yini 29 mart kuni 23:45 da start oladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: UEFA.com