

FIFA tartib-intizom qo'mitasi Krishtianu Ronalduni JCH saralashi doirasidagi Irlandiyaga qarshi o'yinda olgan qizil kartochkasi uchun faqat bitta o'yinga chetlatdi. Ronaldu saralashdagi Armanistonga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgani holda bu diskvalifikaciyani o'tab bo'ldi. Shunday ekan, futbolchi 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichidagi ilk turda maydonga tushishi mumkin bo'ladi.
Avvalroq, futbolchiga 2 yoki 3 o'yinlik taqiq tushishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Ma'lumot uchun, futbolchi Irlandiyaga qarshi o'yinda raqib o'yinchisiga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochkaga loyiq ko'rilgandi.



