Krishtianu Ronaldu: “Biz g'alaba qozonishda davom etamiz”

Nozimov Nig'monxo'ja
3 okt 2023
“Al Nassr” o'z maydonida “Istiqlol”ni mag'lub etganidan so'ng mezbonlar sardori Krishtianu Ronaldu o'yin haqida fikr bildirdi.

 “Har ikki jamoa ham yaxshi o'yin ko'rsatdi. OCHLdagi ilk golimni urganimdan xursandman. Biz g'alaba qozonishda davom etamiz”,-deb fikr bildirgan Krishtianu Ronaldu. 

Eslatib o'tamiz, ayni vaqtda “Al Nassr” o'z guruhida olti ochko to'plagan holda turnir jadvalini birinchi pog'onasida ketmoqda.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com