Kris Ganter Uels terma jamoasi tarixiga kirdi

21 noya 2018, 09:00
Futbolchi terma jamoada o'yin o'tkazish bo'yicha rekord o'rnatdi.

Kecha Uels terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Albaniyaga (0:1) qarshi o'yin o'tkazdi.

Uchrashuvda uelsliklar tarkibida himoyachi Kris Ganter ham ishtirok etdi. Bu o'yin uning uchun mamlakat bosh jamoasidagi 93-uchrashuvi bo'ldi. 29 yoshli futbolchi shu tariqa Uels safida eng ko'p o'yin o'tkazgan o'yinchiga aylandi.

Garet Beyl esa shu kuni Uels safidagi 74 o'yinini o'tkazdi.


Manba: OptaJoe