Krimec qaytdi, O'zbekiston MTJning Qirg'iziston bilan o'yindan oldingi mashg'ulotidan GALEREYA

Tolibjon Qosimov
8 noya 2019
Ertaga, 9 noyabr sanasida O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Qirg'izistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Bugun Vadim Abramov boshchiligidagi terma jamoamiz qo'shnilarimizga qarshi bahs oldidan so'nggi mashg'ulotni o'tkazdi. "Jar" stadionining zaxira maydonida o'tgan mashg'ulotdan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Foto: Tolibjon Qosimov

Jarohat sabab kechagi mashg'ulotni o'tkazib yuborgan Egor Krimec yana umumiy guruhga qaytdi.


Afsuski, O'zbekiston va Qirg'iziston terma jamoalari umuman boshqa-boshqa maydonlarda o'yin oldi mashg'ulotini o'tkazishdi. Shu sabab o'zimizning jamoa mashg'ulotini suratga tushirib bo'lgach to'g'ri "Bunyodkor" akademiyasi maydoni sari "chopdik". Ammo, lekin, biroq... Qirg'iziston terma jamoasi vakillaridan biri borganimiz hamon oldimizga kelib mashg'ulotning birinchi 15 daqiqaligi tugaganini va jarayonni rasmga olishimiz mumkin emasligi aytib uzr so'radi. Ha, ikki jamoaning mashg'uloti yarim soat oraliq bilan boshlandi va ikkita maydonda o'tdi. Bunday holatda hech qanaqasiga bir mashg'ulotdan ikkinchisiga ulgurib yetib borib bo'lmaydi.


"Jar" stadionining zaxira maydonida o'tgan mashg'ulotdan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia