"Krilya Sovetov" Qozog'iston jamoasini mag'lub etdi. Denisov 90 daqiqa o'ynadi VIDEO

Mirjalol Normatov
12 fev 2019
Ayni damda Turkiyada yig'in olib borayotgan "Krilya Sovetov" to'rtinchi sinov-nazorat uchrashuvida qatnashdi.

Unda samaraliklarga "Qaysar" jamoasi raqiblik qildi. Vitaliy Denisov 90 daqiqa harakat qilgan o'yinda jamoasi yirik hisobda g'alabaga erishdi.

Krilya Sovetov Rossiya – Qaysar Qozog'iston – 3:0 (3:0)
Gollar:
1:0 – Kanunnikov (13), 2:0 – Djano (14), 3:0 – Anton (37).
Krilya Sovetov: Ryjikov, Roxel, Samardjich, Denisov, Shishkin, Anton, Chicherin, Kanunnikov, Jano (Kiselev, 76), Samedov, Sheydaev ( Vuchichevich, 76).



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia