Kreyg Shekspir: "Lester" Chempionlar ligasida yuta oladimi? Nimaga endi yo'q?"

Narzulla Saydullayev
14 mar 2017
"Lester" ustozi Kreyg Shekspir YCHL 1/8 finali doirasidagi "Sevilya"ga qarshi javob o'yinidan oldin o'z fikrlarini bildirdi. Birinchi bahsda Ispaniya klubi o'z uyida g'olib bo'lgandi - 2:1.

- Safardagi gol bizga ustunlik berishini bilamiz. Muhit ajoyib bo'ladi. Umid qilamanki, "Liverpul" va "Xall Siti" bilan o'yinlardagidek harakat qilamiz, o'sha bahslardagidek keskin o'ynaymiz. Biz penaltini mashq qildik. Hech bir jihatni e'tibordan chetda qoldirmadik. "Lester" Yevropa Chempionlar ligasini yuta oladimi? Nega endi yo'q?, - deydi Shekspir UEFA rasmiy saytiga.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com