"Lester" ustozi Kreyg Shekspir "Atletiko"ga qarshi o'yindan so'ng (1:1) o'z fikrlarini bildirdi.
"Barcha kuchimiz bilan o'ynadik. Raqibga qiyinchiliklar tug'dira oldik. Bunday darajadagi klubga yutqazishning uyat joyi yo'q. Butun klub, rahbariyat ham, muxlislar ham jamoa bilan faxrlanadi", - deydi Shekspir UEFA rasmiy saytiga.