Koutino: “Ko'p gapirishdan ko'ra, o'ynashni afzal ko'raman”

Eldor Akmurzayev
16 yanv 2022
MYUga qarshi o'yinda qahramonga aylangan “Aston Villa” futbolchisi Filippe Koutino o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“APLdagi shu kabi o'yinlarni sog'ingandim. Bu erda yangi jamoadoshlarim bilan birgaligimdan juda xursandman. Ishonishda davom etdik va yutqazmadik.

O'yindan oldin biroz asabiylashdim. Ingliz tilini unchalik yaxshi bilmayman, ko'p gapirgandan ko'ra, o'ynashni afzal ko'raman. O'z ustimda ishlash va yaxshi formaga kirishni xohlayotganimdan xursandman”, deydi braziliyalik.

Jerrard Koutino haqida: “Boshlanishi yomon emas”


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport