

Lixtenshteynning “Vaduc” jamoasi pley-offda mintaqaning taniqli klublaridan biri bo'lgan “Rapid” (Avstriya)ni ikki o'yin natijasiga (1:0, 1:1) ko'ra engib, guruh bosqichiga yo'l oldi.
Qizig'i, “Vaduc” Shveytsariya 2-divizioni vakili hisoblanadi. Bu Lixtenshteyndan evrokuboklarda qatnashayotgan yagona ishtirokchidir.
Kosovoning “Balkani” jamoasi esa “Shkupi” (Makedoniya)ni saralashda qoldirib ketdi. Shu tariqa, evrokuboklar tarixida ilk bor guruh bosqichida Lixtenshteyn va Kosovo klublari ishtirok etadi.
Konferenciyalar Ligasi 2022/23 yilgi mavsum final raundiga qur'a tashlash marosimi bugun bo'lib o'tadi.



