Koselniga A Seriya vakilidan qiziqish bor

24 may 2019, 20:20
"Arsenal" himoyachisi Loran Koselni "Milan" klubini qiziqishlar doirasiga tushgan.

Bu haqda Fransiyaning L’Equipe nashri ma'lum qildi. Koselni o'z omadini boshqa klubda sinab ko'rmoqchi va shuning uchun "Arsenal" bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi. 

33 yoshli himoyachining xizmatlariga shuningdek, Leverkuzenning "Bayer" klubi qiziqmoqda. 

Fransiyalik futbolchining "kanonirlar" bilan tuzgan shartnomasi 2020 yil iyug oyiga qadar amal qiladi. 

Joriy mavsum Koselni londonliklar safida 30 ta o'yin o'tkazdi va 3 marta o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. 


Manba: lequipe.fr