Koselni yangi jamoasi bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
12 iyul 2019
"Arsenal" himoyachisi Loran Koselni faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettiradi.

33 yoshli futbolchi "Renn"ga o'tishga yaqin turibdi. Tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda va ular transfer borasida kelishib olishga yaqin turibdi. Loranning "kanonirlar" bilan shartnomasi 2020 yil yoziga qadar davom etadi.

Oldinroq Koselni "Arsenal" bilan AQSHdagi turnega jo'nab ketmagani borasida ma'lumotlar berilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Yahoo Sports