Koselni nima sababdan “Arsenal”dan ketganini ma'lum qildi

Loran mavsum avvalida “Bordo”ga o'tib ketgan edi.

“Arsenal” muxlislari ketishimni kutmaganini tushunaman. Ammo o'sha vaqtda men klubda baxtsiz edim. Agar klubdagi birinchi kunim bilan o'sha holatimni solishtirsa, umuman boshqa narsa edi. Fransiyaga qaytib, yangi chaqiruvni qabul qilishni xohlayotgandim. Yangi sardor - Obameyang uchun xursandman. Ularda qiyin davr bo'lishiga qaramay, jamoaga omad tilayman”, - deydi Koselni.

Loran joriy mavsum “Bordo” safida Liga 1 doirasida 15 ta o'yin o'tkazdi.


Manba: Football24