Koronavirusning yangi shtammini yuqtirish xavfi tufayli “Borussiya D” Sanchoni qo'yib yubormadi

Eldor Akmurzayev
22 dek 2020
Bu haqda Kicker xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Borussiya D” vingeri Jeydon Sanchoni Rojdestvoni nishonlash uchun Angliyaga qo'yib yubormadi. Boisi, Britaniyada koronavirusning yangi shtammi keng tarqalmoqda. Dortmundliklar esa 29 dekabrda mashg'ulotlarga qaytishni rejalashtirmoqda.

Qayd etish joiz, Sancho mana 11 o'yindan beri “arilar” safida gol urolmayapti.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Kicker