Koronavirus Info. O'zbekistonda koronavirusdan yana bir bemor vafot etdi

Alisher
21 apr 2020
Telegramdagi rasmiy "Koronavirus Info" kanalidagi eng muhim xabarlarni taqdim etib boramiz.

Shu yilning 14  aprel kuni Namangan shahrida yashovchi SH. viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimaciya bo'limiga yotqizilgan edi. Zudlik bilan o'tkazilgan tezkor diagnostik tahlillardan so'ng bemorda "Covid-19" koronavirus infekciyasi ham aniqlangan.

73 yoshli (erkak) ushbu bemorning shu kungacha kunlik ahvoli ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari mutaxassislari nazoratida bo'lgan.

O'tkazgan reanimacion muolajalarga qaramasdan bemor yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etdi.


#uydaqoling

#vahimasizkarantin


AlisherMuallif
Manba: championat.asia