Koreyalik futbolchi "So'g'diyona"dan ketdi

Narzulla Saydullayev
19 okt 2018, 08:48
Yozgi transferlar oynasi vaqtida "So'g'diyona"ga kelib qo'shilgan janubiy koreyalik tezkor yarim himoyachi Kim Dong Xi yurtimizni tark etdi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi va klub o'zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilishgan.

Kim Dong Xi "So'g'diyona" safida 9ta o'yinda maydonga tushdi va 1ta sariq kartochka oldi.



 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia