Ko'plab top klublar qiziqayotgan Kunyaning qayerda o'ynashi ma'lum bo'ldi

Alisher
5 yanv 2025, 12:33
"Vulverxempton" jamoa yetakchisi Mateus Kunya bilan shartnomani uzaytiradi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "bo'rilar" rahbariyati hujumchi Mateus Kunya bilan yangi kelishuv borasida kelishuvga erishishdi, braziliyalikning maoshi o'sadi. Qayd etilishicha, faqatgina rasmiyatchilik qolgan, shundan so'ng hujumchi yangi bitimga imzo chekadi.

Kunyaga Yevropaning bir nechta top klublari qiziqish bildirayotgan edi. 25 yoshli futbolchi "Vulverxempton" tarkibida barcha musobaqalarda 20ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 4ta assist qayd etdi. Transfermarkt braziliyalikni 50 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano