Ko'plab klublar Barkli bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirishmoqda

Alisher
26 iyul 2021
"Nyuksl" "Chelsi" yarim himoyachisi Ross Barklining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Chelsi" o'yinchining sotuviga qarshi emas, futbolchining o'zi esa London jamoasi tarkibiga kira olmasligini tushunadi.

Futbolchini sobiq klubi "Everton" kuzatmoqda, shuningdek Barklini "Vest Xem" murabbiyining shaxsan o'zi Devid Moyes jamoasida ko'rmoqchi.

Barkli o'tgan mavsum "Aston Villa" tarkibida APL doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: The Athletic