Kopa Amerikaning XXI asrdagi eng tezkor goli kiritildi

Eldor Akmurzayev
23 iyun 2019, 01:10
Kopa Amerika-2019 musobaqasi doirasidagi Boliviya – Venesuela uchrashuvida hisob 75 soniyada ochildi.

Golni venesuelaliklar yarim himoyachisi Darvin Machis kiritdi va u musobaqaning XXI asrdagi eng tezkor gol muallifi sifatida tarixdan joy oldi. Avvalgi natija esa kostarikalik Xoan Venegasga tegishli edi. U 2016 yilgi turnirda Kolumbiya (3:2) darvozsini 88 soniyada ishg'ol etgandi.

TAS-IX emas



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia