Konte "Bayer"ga qarshi o'yin oldidan: "O'sishda davom etamiz va kuchayamiz"

Alisher
10 avg 2020
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte Yevropa Ligasi chorak finali doirasidagi "Bayer"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Yevropada muvaffaqiyat juda ham muhim va bu tajriba uchun imkoniyat taqdim etadi. Men sportga xos tajovuzkor va qatiyati bor yigitlarni ko'ryapman, shu sabab xotirjamman.

Jamoa o'sishda davom etmoqda, biz kuchayamiz. Men hamma o'z ishiga borini berayotgani ko'rmoqdaman va qilayotgan ishlarimizdan mamnunman", - deydi Konte.

Eslatib o'tamiz, Yevropa Ligasi doirasidagi "Inter" - "Bayer" o'yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da Dyusseldorfda boshlanadi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com