Kantonaning ko'tarilgan yoqasi, “Santyago Bernabeu” stadioni… PS 5'ning yangi dizayndagi ko'rinishi memlarga sabab bo'ldi

Eldor Akmurzayev
13 iyun 2020
11 iyun kuni Sony yangi avlod konsoli Playstation 5'ning ilk ko'rinishini ommaga namoyish etdi.


Konsol sotuvga 2 xil versiya – diskovod bilan hamda diskovodsiz (DigitalEdition) chiqariladi. Sony ilk bor ushbu o'yin qurilmasini oq rangda taqdim etdi, avvallari ular odatiy qora yoki kulrang tusda bo'lgan. PS 5 jahon bozoriga 2020 yilning oxirlarida kirib kelishi kutilmoqda. Uning boshlang'ich narxi esa 700-800 dollar atrofida bo'lishi taxmin qilingan.

Xullas, Playstation 5'ning yangi dizayndagi ko'rinishi ijtimoiy tarmoqlarda ko'plab memlarga sabab bo'lmoqda, ularning bazilarini e'tiboringizga xavola etamiz.

Akmurzaev Eldor tayyorladi


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia