

Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi Argentina klubini tartibsizliklar uchun Libertadores Kubogidan chiqarib yubordi. "River Pleyt"ga qarshi o'yinning ikkinchi bo'limida muxlislar futbolchilarga qarata turli xil spreylar uloqtirishdi. Natijada "River Pleyt"ning bir necha futbolchisi shikastlandi.
Bundan so'ng Osvaldo o'z "tvitteri"da KONMEBOL rahbarlarini "stol atrofida o'tirgan mafiyaning semiz mushuklari" deb atadi. Bundan so'ng 29 yoshli futbolchi ushbu xabarni o'chirib tashladi, ammo qisqa vaqt ichida ushbu ma'lumot Internetda tarqalib bo'lgan edi.
Ma'lumotlarga ko'ra, bu voqea Osvaldoning terma jamoaga chaqirilishiga ham halaqit berishi mumkin.



