Konfederatsiyalar kubogida kim g'olib bo'ladi?

Aslanov Jasurbek
16 iyun 2017
Winline bukmekerlik idorasi Konfederatsiyalar kubogida g'olib chiqish mumkin bo'lgan jamoalarning koefficentini ma'lum qildi.

Unga ko'ra Germaniya (3,20), Portugaliya (3,25) va Chili (3,50) terma jamoalarining ushbu musobaqada bosh sovringa ega chiqish imkoniyatlari deyarli bir xil. Rossiya termasi esa ushbu ro'yxatda to'rtnchi pog'onada bormoqda (koefficent 9,0). Meksika termasining imkoniyati esa 9,25 koefficentga baholanmoqda.

Turnir g'olibligiga eng imkoniyati past terma jamoa sifatida Yangi Zellandiya joy olgan. Ularning chempionligi uchun imkoniyatlari 350 koefficentni tashkil etmoqda.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Winline букмекерлик идораси