Konfederatsiyalar Kubogida kim Germaniya terma jamoasi sardori bo'ladi?

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2017, 16:10
PSJ va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Yulian Draksler Rossiyada bo'lib o'tadigan Konfederatsiyalar Kubogida milliy jamoaning sardori bo'ladi.

"Draksler terma jamoa sardori bo'ladi. Daniyaga qarshi o'yinda u javobgarlikni bo'yniga olib, jamoani ortidan ergashtirdi" - deydi Yoaxim Lyov.

Konfederatsiyalar Kubogida Germaniya B guruhida Kamerun, Chili va Avstraliya terma jamoalari bilan birga o'ynaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com