Konfederatsiyalar Kubogi–2017. Ravshan Ermatov Avstraliya – Germaniya o'yinida ishlaydi

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2017
Avval xabar berilganidek, O'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov JCH–2018 musobaqasidan avval o'tkaziladigan Konfederatsiyalar Kubogi–2017 turnirida videotakrorlar bo'yicha referi assistenti vazifasini bajaradi.

Rossiyada bo'lib o'tayotgan musobaqada Ravshan Ermatov birinchi tayinlov oldi. O'zbekistonlik hakam “B”guruhi 1-turidan o'rin olgan Avstraliya – Germaniya uchrashuvida ishlaydi.

Ma'lumot uchun, Avstraliya – Germaniya bellashuvi ertaga, 19 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-uff.com