

Final o'yinidan so'ng musobaqa tashkilotchilari eng yaxshilarni e'lon qilishdi.
Chili terma jamoasi posboni Klaudio Bravo eng yaxshi darvozabonga atalgan "Oltin qo'lqop" bilan taqdirlandi.

Germaniya hujumchisi Timo Verner 3ta gol bilan musobaqa to'purariga atalgan "Oltin" butsani qo'lga kiritdi. Jamoadoshlari Lars Shtindl va Leon Gorecka hisobida ham 3tadan gol bor. Biroq Verner yana ikkita golli pas bergani uchun sovringa ega chiqdi.

2017 yilgi Konfederatsiyalar kubogining eng yaxshi futbolchisi deb Germaniya terma jamoasi sardori Yulian Draksler tan olindi. Unga musobaqaning "Oltin to'p"i topshirildi.





