Komil Sharofutdinov: "Pro liga bahslari orqali optimal sport formasiga kirib boramiz"

Aslanov Jasurbek
23 iyun 2020
Uchqun Qobilov rahbarligidagi "Dinamo" O'zbekiston Kubogining dastlabki bosqichida Farg'onaning "Istiqlol" jamoasiga qarshi maydonga chiqdi.

Kuchli ishtiyoq va xohish evaziga 3:0 hisobidagi g'alabani tantana qilgan "Dinamo" o'zi uchun navbatdagi bosqich eshiklarini ochdi. Ko'tarinki ruhda o'tgan uchrashuvdan so'ng samarqandliklar tarkibidagi tajribali futbolchi Komil Sharofutdinov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Karantindan keyin kirishib olish og'ir bo'ladi. Boshqa tomondan olib qaralsa 10 kun oldin oldin jamoaviy mashg'ulotlarni boshlagandik. Qisqa muddatda mazkur o'yinga tayyorgarlik ko'rdik. G'alaba bilan barchani tabriklayman. Muhimi keyingi bosqichga chiqdik. Raqib o'z maydonida o'ynadi. Tabiiyki, bosim qiladi va ko'proq hujum uyushtiradi. Ular ham o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ymoqda. Pro ligada raqobat kuchaydi. Barcha jamoalar teng kuchli. Bu esa bellashuvlarni qiziqarli kechishini taminlaydi. Hozircha ilk rasmiy o'yinimizni o'tkazib oldik. Pro liga orqali optimal sport formasiga kirib olamiz degan umiddaman",- deydi Komil Sharofutdinov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: