Klopp: "Saloh ketadimi? U ajoyib holatda. Menga shu qiziq"

Mirjalol Normatov
24 dek 2020, 22:58
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp hujumchi Muhammad Saloh borasidagi mish-mishlar haqida gapirdi.

Oldinroq futbolchini "Real" o'z tarkibiga qo'shib olishni rejalashtirayotgani borasida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.

"Biz transferlar haqida gapirmaymiz. Ayniqsa, jurnalistlar bilan. Saloh yaxshi kayfiyatda. U ajoyib jismoniy holatga kirib oldi. Bu men uchun asosiysi.

Bugun klubimiz matbuot xizmati mashg'ulotdan rasmlar oldi. Ko'rgan bo'lsangiz, u kulib yuribdi, mashg'ulotdan lazzat olyapti. Qolganlari esa sizning ishingiz. Siz yozayotgan gaplar esa amalda yo'q", - dedi Klopp.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal