Klopp: "Salah haqidagi gaplar endi to'xtaydi deb umid qilaman"

Tolibjon Qosimov
25 okt 2018, 20:58
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp YCHL doirasida "Crvena Zvezda" ustidan qozonilgan g'alaba (4:0)dan so'ng dubl qilgan Muhammad Salah haqida gapirib o'tdi.

"Ajoyib! Endi Salahning mavsum boshidagi omadsizliklari haqida gapirishni to'xtatish mumkin.

Menda yoki uning o'zida shubhalanish bo'lmasligi mumkin. Lekin, bu haqda doim so'rayverishsa o'ylashni boshlaysiz.

Bu haqda doimo o'ylash kerak emas. Sen to'g'ri harakat qilsang, qattiq ishlasang gollar bo'ladi. Umid qilaman, Salah mana shunday ruxda davom etadi", - dedi Klopp.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sports