Klopp: "Ronaldu yoki Messi?"

Aslanov Jasurbek
23 noya 2018
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Sky Germany"ga blic intervyu berdi.

"Ronaldu yoki Messi? Bu Chempionlar ligasimi yoki APL degandek gap. Men Lionelni tanlayman. Lekin ikki futbolchining o'yinidan rohat olaman.

Xosep Gvardiola yoki Joze Mourinyu? Gvardiola. U jahonning eng yaxshi murabbiyi bo'lsa kerak. Jozedan boshqa ismni aytganingizda ham Xosepni tanlardim.

APL yoki Chempionlar ligasi? Premer-ligani tanlayman, chunki "Liverpul" hali unda g'olib bo'lmadi. Ammo aslida men uchun katta farq yo'q. Ikkala turnirda ham g'olib bo'lishni istayman. Mana bu eng yaxshi variant" - deydi Klopp.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Germany