Klopp "Renn" hujumchisi uchun kurashda "Barsa" va "Real"ni engishni so'radi

Sherzod Nurmatov
6 okt 2022, 17:26
Angliyaning "Liverpul" klubi "Renn" hujumchisi Kamaldin Sulemanani hammadan oldin ilib ketmoqchi.

"Qizillar" 20 yoshli futbolchi uchun 35 mln evrolik taklif bilan chiqishdi. Ispaniyaning "Real Madrid" va "Barselona" klublari ham uni qo'lga kiritish uchun kurash olib borishmoqda. Mersisaydlar ustozi Yurgen Klopp mas'ullardan taklif bilan chiqish va ispan grandlarini mag'lub qilishni so'radi. 

Shuningdek, "Liverpul" Fransiya klubining yana bir a'zosi Jeremi Dokuga ham qiziqmoqda. Biroq uning narxi jamoadoshinikidan baland bo'lishi aniq.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Nacional