Klopp Gvardiolaning matbuot-anjumanini bo'lib qo'ydi (+VIDEO)

Aslanov Jasurbek
26 iyul 2018
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Liverpul"ga qarshi International Champions Cup-2018 uchrashuvidan so'ng o'tkazilgan matbuot-anjumanini erta yakunladi.

Mutaxassis jurnalistlarning navbatdagi savoliga javob berayotgan paytda zalga "Liverpul" ustozi Yurgen Klopp kirib keldi. Gvardiola hamkasbi bilan salomlashib, joyini unga bo'shatdi.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" - "Manchester Siti" uchrashuvi 2:1 hisobida yakunlandi.

Videoni ko'chirib olish (skachat)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com