Klopp Germaniya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkin

Alisher
2 apr 2020, 13:03
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasini boshqarishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, 52 yoshli mutaxassis termaning hozirgi ustozi Yoaxim Lyovning o'rnini egallash varianti ko'rib chiqilmoqda.

Qayd etish kerakki, Klopp "Liverpul"ga 2015 yilning kuzida kelgan va sal oldinroq klub bilan 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekkan.

"Liverpul" APLning 29 turidan so'ng 82 ochko to'plagan holda jadvalda peshqadamlik qilmoqda.


AlisherMuallif
Manba: The Mirror