Klopp: "Arsenal" 6:0ga yutdi. MYU, "Chelsi", "Tottenxem" kuchaydi. Yangi mavsum og'ir o'tadi"

Mirjalol Normatov
31 iyul 2022
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLdagi raqobat haqida gapirdi.

"Arsenal" "Sevilya"ni 6:0 hisobida yutganini ko'rdim. Bu havas qilgulik natija. "Sevilya" tarixida bunday holat bo'lgan deb o'ylamayman.

"Manchester Yunayted", "Chelsi", "Tottenxem" sezilarli kuchaydi. Yangi mavsum barcha jamoalar uchun qiyin o'tadi.

Biz hech qaerga qochib ketmaymiz yoki kimnidir boshiga lavrdan toj kiydirish niyatimiz yo'q. Barcha yangicha chorlovlarga tayyormiz", - dedi Klopp.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ITV Sport