

20 yoshli o'yinchi klub bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
"Bu men uchun his-tuyg'ularga boy dam. Oilam "Gerta" tarixiga aloqador. Klub haqida ko'proq bilishni va unga vazifalarni uddalashda yordam berishni istayman" - deydi Jonatan Klinsmann.
Jonatan Klinsmanning so'nggi jamoasi Kaliforniya universiteti bo'lgan. Posbon 20 yoshgacha bo'lgan AQSH terma jamoasida 21 ta bahs o'tkazgan.



