Klas-Yan Xuntelar: “Safarda “Real”ni 6:0 hisobida mag'lub etish, – buning iloji yo'q”

“Shalke” hujumchisi Klas-Yan Xuntelar Chempionlar ligasi doirasida “Real”ga qarshi o'yindagi mag'lubiyat sabablarini tushuntirib o'tdi (1:6).

“Biz dastlabki 15 daqiqani yaxshi o'tkazdik, ammo keyinchalik ko'p xatolarga yo'l qo'ydik va buning oqibatida jazolandik. Vaziyatni yaxshi tushunib turibmiz va keyingi o'yinlarda bunday katta xatolarga yo'l qo'ymaslikka harakat qilamiz.

O'yin boshida jamoada hisobni tenglashtirish uchun imkoniyatlar bo'ldi, lekin to'g'risini aytsam xatolarimizni hech qanday sabab bilan oqlay olmayman. Bundan tashqari mening golim ham jamoaga yordam bera olmadi.

Balki buning imkoni yo'qdir, lekin safarda 6:0 hisobida g'alaba qozonishimiz kerak”, - deydi Xuntelar.


Manba: sports.ru