KK–2017. Ravshan Ermatov Germaniya - Chili o'yinida videoassistent bo'ladi

Aslanov Jasurbek
21 iyun 2017
O'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov JCH–2018 musobaqasidan avval o'tkaziladigan Konfederatsiyalar Kubogi–2017 turnirida videotakrorlar bo'yicha referi assistenti vazifasini bajarmoqda.

Rossiyada bo'lib o'tayotgan musobaqada Ravshan Ermatov ikkinchi o'yinga tayinlandi. O'zbekistonlik hakam “B”guruhi 2-turidan o'rin olgan Germaniya - Chili uchrashuvida ishlaydi.

Ma'lumot uchun, Germaniya - Chili bellashuvi ertaga, 22 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi.

Ermatov “B”guruhi 1-turidan o'rin olgan Avstraliya – Germaniya uchrashuvida ham videotakrorlar bo'yicha referi assistenti vazifasini bajargan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia