Kiverga "Milan" ham qiziqib qoldi

Sherzod Nurmatov
26 sen 2022
"Speciya" yulduzi Yakub Kiver Yevropaning bir qator klublari e'tiborini o'ziga jalb qildi.

22 yoshli futbolchiga allaqachon "Vest Xem" va "Roma" og'iz solib ko'rgan. Ular qatoriga endi top-klublar ham qo'shilishmoqda. 

"Milan" polshalik yosh o'yinchining harakatlarini kuzatib bormoqda. Yakub maydonning himoya va yarim himoya chiziqlarida o'ynay oladi. Uning yoshi "rossoneri"ning yosh va iqtidorli o'yinchilarga tayanib tarkibni o'stirish rejasiga mos tushadi. 

Yozda "Shalke"dan kelib qo'shilgan Malik Tiavning o'sishini tahlil qilib borayotgan "Milan"dan hamon hech qanday rasmiy taklif bildirilmagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato