Kirikesh “Tottenxem”ga o'tdi

Narzulla Saydullayev
30 avg 2013
“Tottenxem” “Styaua” klubi bilan himoyachi Vlad Kirikeshning transferi bo'yicha kelishib oldi, deb xabar beradi londonliklar rasmiy sayti.

Transfer narxi va shartnoma muddati haqida hali hech qanday ma'lumot berilmayapti.

Sky Sports bergan xabarga ko'ra esa, transfer narxi 8.5 million funtni tashkil etgan. Bundan tashqari “Tottenxem” transfer oynasi yakuniga qadar “Roma” yarim himoyachisi Erik Lamel va “Ayaks” yarim himoyachisi Kristian Eriksenni olishga harakat qiladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru