Kimmix "Bavariya"dan ketadimi? Futbolchi javob berdi

Omonjon To`xtamirzayev
13 noya 2024
Yarim himoyachi Yozua Kimmix "Bavariya"dagi kelajagi haqida gapirdi.

"Men klub bilan aloqadaman. Bundan 8-10 hafta avval vaziyatim qanday bo'lganini hammamiz yaxshi bilamiz. O'shanda xuddiki: "Qachon Kimmix ketar ekan-a?", degandek holat edi. Endi esa barchasi mutloq boshqacha. Bu faoliyatimdagi juda muhim qarorlardan biri. Shuning uchun ham uni yaxshilab o'ylab, qabul qilishim zarur. Albatta, o'tmish ham bunda o'z rolini o'ynaydi. Shu o'rinda kelajakni ham unutmaslik muhim", - dedi Kimmix.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: iMiaSanMia