Kilian Mbappe ketma-ket ikkinchi oy eng yaxshisi bo'ldi

Mirjalol Normatov
24 okt 2025
Kilian Mbappe "Real"ning sentyabr oyidagi eng yazshi futbolchisi bo'ldi.

Hujumchi o'tgan oyda 6 o'yinda qatnashdi va 10ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. U ketma-ket ikkinchi marta shunday etirofga loyiq ko'rildi.

"Oyning eng yaxshi futbolchisi sovrinini olish yoqimli. Biz ko'p o'yinlarda g'alaba qozondik va ko'plab gollar urdik. Biz to'g'ri yo'ldamiz, o'z o'yinimiz va natijalardan mamnunmiz", - dedi Mbappe.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: realmadrid.com