Kibersportdagi "Real". Yevropa klubi ketma-ket ikkinchi marta Dota 2 bo'yicha jahon chempioniga aylandi

Aslanov Jasurbek
26 avg 2019
Joriy yilning 15-25 avgust kunlari Xitoyning Shanxay shahrida Dota 2 bo'yicha norasmiy jahon chempionati - The International turniri bo'lib o'tdi.

Sovrin jamg'armasi 36 mln. dollar bo'lgan musobaqada 18ta kibersport klublari ishtirok etdi. Turnir "Mercedes-Benz Arena" nomli kibersport stadionida bo'lib o'tdi. 

G'olib jamoa 15 mln. dollardan ko'proq mukofot puliga ega bo'ladi va bu mablag'ni 5 kishi yoki 6 kishi (murabbiy bilan) teng bo'lishib oladi. Kibersport olamidagi bu yilning eng yirik turnirida o'tgan mavsum ham jahon chempioni bo'lgan OG nomli Yevropa klubi zafar quchdi. Ilk marotaba bitta klub ketma-ket ikki marta The International g'olibiga aylandi.



Turnir jadvalini quyidagicha ko'rinish oldi:

Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu turnirning yakuniy bahsi - grand finalni 2 mln. akkaunt orqali jonli efirda tomosha qilishgan.


The International musobaqasida O'zbekistonda tug'ilgan ikki kibersportchi - Akbar Bo'taev (Sonneiko - Na'Vi klubi) va Artur Babaev (Arteezy - Evil Geniuses)lar ishtirok etishdi. Akbar o'z jamoasi bilan 13-16 o'rinni, Artur esa 5-6 o'rinni egalladi. Bundan tashqari, ilk bora Dota 2 bo'yicha jahon chempionatida qirg'izistonlik kirebsportchilar qatnashishdi. Evgeniy Ri (Blizzy) va Bakit Emiljanov (Zayac) Na'Vi tarkibida MDH sharafini himoya qilishdi.



Ushbu musobaqada g'olib bo'lgan OG jamoasining 5 vakili kibersport tarixida eng ko'p daromad topgan o'yinchilarga aylanishdi.


Turnirning oxirgi kunida Dota 2 bo'yicha keyingi yil o'tadigan jahon chempionatiga Shvetsiya poytaxti Stokgolm mezbonlik qilishi e'lon qilindi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia