Kevin-Prins Boateng: “U kabi g'amxo'r insonni uchratmaganman”

Eldor Akmurzayev
2 may 2020, 21:20
“Beshiktosh” a'zosi Kevin-Prins Boateng ukasi Jerom Boateng bilan Instagram'dagi jonli efirda fransiyalik futbolchi Frank Riberi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“U kabi juda g'amxo'r insonni ko'rmaganman. Jerom, albatta sen uni yaxshiroq bilasan. U aqlbovar qilmas xarakterga ega, ulkan qalb sohibi, u oilasini o'ylaydiganlar toifasidan”, deydi ganalik o'yinchi.

Eslatib o'tamiz, Kevin-Prins Boateng mavsumning ilk qismini “Fiorentina”da o'tkazdi va yanvardan boshlab ijara asosida Turkiya klubida o'ynamoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24