Kecha Urugvay terma jamoasining Xitoyga yetib borgan 9 nafar futbolchisi mashg'ulot o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
20 mar 2019
Ertaga Xitoyning Nanning shahrida "China Cup" musobaqasi start oladi.

O'zbekiston terma jamoasining yarim finaldagi raqibi Urugvay terma jamoasi futbolchilari bosqichma-bosqich Nanning shahriga yetib borishmoqda. Dastlabki 3 futbolchi 18 mart kuni manzilga yetib borishgan bo'lsa, undan keyin yana 6 futbolchi terma jamoa ixtiyoriga qo'shildi. Kecha aynan 9 nafar futbolchi trenajyor zalida mashg'ulot o'tkazdi. 


 

 


Kecha yana 9 nafar futbolchi Xitoyga yetib bordi. Bugun so'nggi to'rt futbolchi Muslera, Nandez, Kampanya va Jovanni Gonsales terma jamoaga qo'shilishadi.

Faqatgina ertaga Urugvay terma jamoasi to'liq tarkib bilan mashg'luot o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Urugvay uchrashuvi 22 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:35da Nanning shahridagi "Guanxi Sports Centre" stadionida boshlanadi.






Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia