Kaysedoning "Liverpul"da o'ynagisi yo'q

Mirjalol Normatov
11 avg 2023
"Brayton" futbolchisi Moyses Kaysedo "Liverpul"ga o'tishni istamayapti.

Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, futbolchi o'z qarorini "Liverpul"ga aytgan va "Chelsi"ga o'tish istagi yuqoriroqligini bildirgan.

Oldinroq tarqalgan xabarlarga qaraganda, Kaysedo may oyidayoq "Chelsi"ga rozilik berib qo'ygan. Shu sababli "Chelsi" "Brayton" bilan kelishish uchun yana bir taklif jo'natmoqchi.

Yaqindagina "Liverpul"ning Kaysedo bilan rekord summa 110 mln evroga kelishib qo'ygani borasida ma'lumotlar tarqagandi. Ammo hozir futbolchining Mersisayd tomon safar qilishi ehtimoli past baholanmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano