Kaxi Maxaradze: "Lokomotiv" O'zbekiston kubogini ketma-ket uchinchi yil qo'lga kiritmoqchi"

Narzulla Saydullayev
18 sen 2018
Bugun "Lokomotiv" O'zbekiston kubogining 1/4 finali doirasida "Paxtakor"ga qarshi bahs olib boradi.

Ushbu uchrashuvdan oldin "Lokomotiv" futbolchisi Kaxi Maxaradze o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- "Paxtakor"ga qarshi bahs uchun tayyorgarlik yaxshi olib borildi. Bu mavsumdan kubok bahslaridagi o'yinlar bir uchrashuvdan iborat bo'lmoqda. Shu boisdan bugun mavsumdagi muhim uchrashuvlardan birini o'tkazamiz va unda faqatgina g'alaba bizni qoniqtiradi.

Ikki mavsumdan buyon O'zbekiston kubogiga ega chiqmoqdamiz. Ushbu sovrinni ketma-ket uchinchi marta ham boshimiz uzra baland ko'tarishga harakat qilamiz.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz