

So'nggi 5 yilni "Paxtakor" safida o'tkazib, uch marotaba O'zbekiston chempioni unvoniga ega chiqqan gruziyalik yarim himoyachi "temiryo'lchilar" bilan og'zaki kelishuvga erishdi.
Qisqa tatildan keyin kecha Toshkentga qaytgan Kaxi Maxaradze "Lokomotiv"ning Dubaydagi mashg'ulotlarida ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxatidan o'rin olgan.




