"Katta-katta murabbiylar"da ham kichik-kichik muammolar bo'lib turadi

Omonjon To`xtamirzayev
20 sen 2019
Faoliyatini muvaffaqiyatsiz tarzda boshlagan, ammo keyin elkasiga omad qushi qo'nib, barchaning muhabbatiga sazovor bo'l olgan buyuklar bilan tanishing.

Aleks Fergyuson

Aleks Fergyuson "MYU" muxlislarining kumiri va "qizil iblislar"ni nafaqat Angliya, balki jahon futboli elitasiga qaytargan inson hisoblanadi. Lekin 1980 yillar oxirida muxlislarning deyarli barchasi undan nafratlanib, iste'foga chiqishini talab qilishar, bahslarda haqoratli qo'shiqlar kuylashardi. Ma'lum muddat Fergyusonni ehtimol ishdan bo'shatishlari mumkin bo'lgandir. O'zingizga ma'lum, klub shartnomani bekor qilsa, shotlandiyalikka tovon puli to'lab berishi shart edi. Ammo o'sha yillari "Yunayted"ning moliyaviy muammolari etarli edi. Aynan shu narsa murabbiyni iste'foga chiqarishlaridan saqlab qoldi.

Fergyuson jamoada qoldi va omadi kelib klub bilan 38 mukofotni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Vaholanki, u faoliyatini "Oksford Yunayted"ga bo'lgan mag'lubiyat va "Norvich Siti"ga qarshi durang bilan boshlagan edi. Umuman olganda avvaliga Fergining ishlari butkul yurishmagan.

Yurgen Klopp

Mashhur nemis murabbiyi, Germaniyaning ikki karra chempioni (Dortmund "Borussiya"si bilan) Angliya klubiga o'tdi va ishonchsiz o'yinlar namoyish eta boshladi. APLning dastlabki ikki turida Klopp boshchiligidagi "Liverpul" jamoasi 2 o'yinni durang natija bilan yakunladi: "Tottenxem" va "Sautgempton". Bu uchrashuvlar oralig'ida esa Yevropa Ligasi guruh bosqichida "Rubin" bilan ham 1:1 hisob qayd etildi.


Biroq bugungi kunda Klopp ajoyib o'yinchilarni o'z safiga qo'shib olib, eng kuchli jamoalar qatorida ketmoqda. Chempionlar Ligasi bosh sovriniga ega chiqdi, biroq Angliya chempioni bo'lishiga bir-ikki qadam yetmadi. 2015 yil klubdagi faoliyatini o'rtamiyona o'yinlar bilan boshlagan murabbiy bunday natijalarga erisha olishi hech kimning hayoliga kelmagan bo'lsa kerak.

Xosep Gvardiola

Zamonamizning eng yaxshi murabbiylaridan (klublar miqyosida) biri (balki eng yaxshisidir) faoliyatini 2008 yil "Barselona"da unchalik omadli boshlagan deya olmaymiz. Ishni u Chempionlar Ligasi 3-bosqichidan boshlagan. O'shanda "Barselona" Krakoviyaning "Visla"sini (umumiy hisobda 4:1) enggan edi, lekin... Polshadagi uchrashuvda kataloniyaliklar yutqazib qo'yishgan. Vaholanki, o'yinda asosiy tarkib futbolchilari ishtirok etgandi. Undan keyin chempionat starti va "grand" jamoalar bo'lmish, "Numansiya" (mag'lubiyat 0:1) va "Rasing" (1:1) kabi jamoalar bilan o'yinlarda ishlab olingan bor yo'g'i bir ochko. Ammo ana undan keyin...

19 o'yin davom etgan mag'lubiyatsiz seriya, ularning 17tasi g'alaba, mavsum oxirida esa Gvardiola va "Barselona"ni Ispaniya chempionligi va Chempionlar Ligasi bosh sovrini kutib turardi!

Yupp Xaynkes

"Bavariya"ga uchinchi qaytish 2011 yilga to'g'ri keldi. Bu vaqtga kelib murabbiy 30 yillik tajribaga ega, vaqtida "Real", "Benfika", "Atletik", Myonxengladbaxning "Borussiya"sida faoliyat olib borgandi. 2013 yil Xaynkes murabbiylik faoliyatini yakunlashi haqida e'lon qildi, lekin keyinroq aniq bo'ldiki bu butunlay emas, vaqtinchalik ketish edi. 2013 yil may oyida "Bavariya" uning qo'l ostida ketma-ket Germaniya Kubogi, Bundesligadagi zafar va Chempionlar Ligasi bosh sovriniga ega chiqdi.

Ko'pchilik "Bavariya"da Xaynkesning g'alabali odimlari bilan yodga oladi. Biroq hammasi mag'lubiyatdan boshlanganini hamma ham bilmaydi... 11/12-yillar mavsumi Bundesliganing ilk turida "myunxenliklar" kichik hisobda Myonxengladbaxning "Borussiya"siga mag'lub bo'ladi.

Visente del Boske

1999 yil mavsum davom etayotgan bir pallada "Real" boshqaruvini Visente Del Boske o'z qo'liga oladi. Dastlabki 4 o'yinda "Real Sosedad" va "Rasing" bilan durang, safarda "Selta"ga minimal hisobda boy berilgan uchrashuv (0:1) va "Saragosa"dan "Santyago Bernabeu"da qabul qilingan qaqshatqich zarba (1:5). Shu tariqa, 4 o'yinda 2 ochko - "Real" murabbiyi uchun bu umuman qoniqarsiz natija. Lekin murabbiy o'shanda jamoada qoladi va mavsum yakunida Chempionlar Ligasida g'olib bo'ladi, keyingi mavsumda esa La Liga chempionligi ham "Madrid"ga nasib qiladi.

Roberto Manchini

Manchini karerasini 2004 yil "Inter"da boshlagan: A Seriyaning 12 turida 10ta durang o'yin qayd etgan. O'shanda Italiya Kubogidagi birgina omadli bahs murabbiyni qutqarib qolgandi.

Manchinining murabbiylik yillarida "Inter" mamlakat chempioni bo'lishga erishdi (ammo "Yuventus" korrupsiya tufayli chetlatilgani ham qaysidir manoda ularga yordam berdi).


Nozima Zaripova tarjimasi


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia