Kasemiro: "Real"ga Ronaldu yetishmayapti"

Aslanov Jasurbek
16 avg 2018
"Real" yarim himoyachisi Kasemiro UEFA Superkubogi uchun bahsda "Atletiko"dan uchralgan mag'lubiyat (2:4) haqida fikr bildirdi.

"Bu mag'lubiyat bizga alam qildi, chunki yana bir sovrin yutish imkoniyatini qo'ldan boy berdi, ammo bu shunchaki yo'lning boshlanishi. Murabbiyimizga ishonamiz va mas'uliyatdan bosh tortmoqchi emasmiz. "Real"da birga mag'lub bo'lib, birga g'alaba qozonamiz.

To'g'ri, bizga Ronaldu yetishmayapti, ammo uning klubdagi vaqti ortda qoldi. Krishtianuning kyetishi har qanday jamoaga ta’sir ko'rsatgan bo'lardi" - deydi Kasemiro.

Ronaldu yozgi transfer oynasida "Real"dan "Yuventus"ga o'tdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca